» » 2018-yildan favqulodda vaziyatlardan avtomatik ogohlantirish tizimi joriy etiladi

2018-yildan favqulodda vaziyatlardan avtomatik ogohlantirish tizimi joriy etiladi


Favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimi butun O‘zbekiston hududida 2018–2022-yillar orasida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu hukumatning tegishli qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.

“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2018-yildan 2022-yilga qadar amaldagi ogohlantirish tizimini demontaj va modernizatsiya qilib, respublika va mahalliy darajada aholini ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich ekspluatatsiyaga kiritishni amalga oshirsin”, — deyiladi hujjat matnida.

Hujjatga muvofiq, tizim to‘rt bosqichda — obyektlar, lokal, mahalliy va respublika darajasida axborot markazlari, terminal komplekslar va taqsimlovchi avtomatlashtirilgan tizimlar asosida ishlaydi.

Aholini favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish bo‘yicha tadbirlar rahbariyati va koordinatsiyasini FVV amalga oshiradi.

Ilgari vazirlik vakillari avtomatlashtirilgan tizimning yaratilishi ishni ommaviy telekommunikatsiya vositalari — mobil aloqa, radio va televideniye bilan uyg‘unlashtirib, zarur axborotni aholiga tezkor yetkazish imkonini berishini bildirgan edi. Amaldagi tizimlar faqat ogohlantirish tizimlarini ishga tushirish imkoniyatini beradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют