» » OAV: Tramp oilasini qo‘riqlashga Maxfiy xizmatning yillik maosh fondi sarflandi

OAV: Tramp oilasini qo‘riqlashga Maxfiy xizmatning yillik maosh fondi sarflandi


Davlatning birinchi shaxslari hamda ularning oila a’zolarini qo‘riqlash vazifasini bajaruvchi AQSh Maxfiy xizmati amaldagi prezident Donald Tramp hamda uning oilasini qo‘riqlash tadbirlariga yillik maosh fondi mablag‘larini sarflab bo‘ldi. Bu haqda maxsus xizmatning yangi direktori Rendolf Alles USA Today gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Uning so‘zlariga qaraganda, mingdan ortiq agentga maosh hamda maoshdan tashqari to‘lovlar to‘lashga bir yilga mo‘ljallangan summadan ko‘pro pul ketdi. Gap shundaki, Maxfiy xizmat hozir 42 kishini qo‘riqlamoqda, shulardan 18 nafari Trampning oila a’zolaridir. Barak Obama davrida xizmat 31 kishini qo‘riqlar edi.

Yana bir qiyinchilik shundan iboratki, Tramp muntazam ravishda Vashington tashqarida dam olish kunlarini o‘tkazadi, jumladan, Florida, Nyu-Jersi va Virginiyadagi o‘ziga tegishli golf klublarida bo‘ladi.

O‘z navbatida, Trampning o‘g‘illari — Kichik Donald va Erik ishchi safarlar bilan chet elda bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют