» » O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh prokuraturalari ta’lim va tadqiqot sohalarida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh prokuraturalari ta’lim va tadqiqot sohalarida hamkorlik qiladi


Qozog‘iston Bosh prokuraturasining taklifiga binoan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi xizmat tashrifi bilan Ostona shahrida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlari YeXHTning Ostonadagi dasturlari ofisi va AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazilgan “Xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.

Seminar-treningning maqsadi transmilliy moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish va noqonuniy aktivlarni qaytarish, mintaqa davlatlarida to‘plangan tajribani o‘zaro almashish, yuqori darajadagi zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘ldi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ham besh kunlik trening tinglovchilari bo‘ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining oliy o‘quv kurslari va Qozog‘iston Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi o‘rtasida memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Memorandumda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion sohalardagi hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston prokuratura organlari tizimidagi islohotlarning borishi va natijalari bilan tanishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют