» » Xorijga chiqish pasportining joriy etilishi haqida nimalarni bilish kerak?

Xorijga chiqish pasportining joriy etilishi haqida nimalarni bilish kerak?


2019-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonda xorijga chiqish stikerlari bekor qilinadi, uning o‘rniga chet elga chiqish hujjati sifatida vaqtinchalik biometrik pasportlar amal qiladi. Bu Prezidentning 16-avgustdagi farmonida ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” xorijga chiqish pasportlari joriy etilishi haqidagi asosiy faktlarni keltirib o‘tdi.

1. 2011-yil namunasidagi biometrik pasport O‘zbekiston hududida umumfuqaro hujjati sifatida ishlatiladi.

2. 2021-yil 1-yanvariga qadar O‘zbekiston fuqarolari 2011-yil namunasidagi amaldagi pasportlar bilan viza tartibi o‘rnatilmagan davlatlarga chiqishi mumkin bo‘ladi . Bular: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Gruziya.

3. Xorijga chiqish pasportining amalga kiritilish paytigacha fuqarolar viza tartibi o‘rnatilgan davlatlarga 2011-yil namunasidagi pasport bilan, agar unda xorijga chiqish stikeri bo‘lsa, bora oladi.

4. Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari 2011-yil namunasidagi pasportlarni ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar ishlatishi mumkin bo‘ladi.

5. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish va berish tizimi zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanib, aholiga maksimal interfaol xizmatlar ko‘rsatilishi bilan amalga oshiriladi: elektron ariza kiritish, elektron navbat, davlat bojining elektro to‘lov tizimlari orqali to‘lanishi, hujjatning tayyorligini tekshirish xizmati. Bu tizim 2018-yil 1-dekabriga qadar joriy etiladi.

6. Hujjatlarni qabul qilish jaryonida “yagona oyna” tizimi ishlatilib, u barcha zarur hujjatlarni “Elektron hukumat” orqali olinishini nazarda tutadi.

7. Axborot texnologiyalarining joriy etilishi tufayli xorijga chiqish pasportining rasmiylashtirilish va berilish muddati 15 ish kunidan o‘n ish kunigacha qisqartiriladi.

8. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport davlat standarti 2017-yil 1-dekabriga qadar tasdiqlanadi. Pasport 48 sahifadan iborat bo‘ladi.

9. Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati voyaga yetmaganlar uchun besh yilni, 16 yoshdan kattalar uchun o‘n yilni tashkil etadi.

10. Fuqarolar xorijga chiqish pasportini olish uchun arizalarni doimiy propiska joyi bo‘yicha IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tuman va shahar bo‘linmalariga kiritishi mumkin bo‘ladi (hozir bu funksiyalarni faqat viloyat bo‘linmalari bajaradi). Chet elda fuqarolarni qabul qilish hamda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish O‘zbekistonning konsullik idoralari tomonidan amalga oshiriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют