» » Germaniyada suriyalik qochoqlar yangi tug‘ilgan qizaloqqa Angela Merkel Muhammad ismini qo‘ydi

Germaniyada suriyalik qochoqlar yangi tug‘ilgan qizaloqqa Angela Merkel Muhammad ismini qo‘ydi


Germaniyaning g‘arbida qochoq sifatida yashayotgan suriyalik juftlik yangi tug‘ilgan qizchasiga Germaniya kansleri nomini berdi. Myunster shahrida 16-avgustda tug‘ilgan qizning to‘liq ismi — Angela Merkel Muhammad. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qochoqlar Suriyadan Germaniyaga 2015-yilda Bolqon yo‘nalishi bo‘ylab kirib kelgan. Muhojirlar Germaniya hukumati rahbarining arab mamlakatlari fuqarolariga chegaralarni ochish haqidagi qaroridan so‘ng Yevropaga intila boshladi. Inqiroz cho‘qqisiga chiqqan vaqtda Germaniyaga bir kunda 10 mingtagacha qochoq kirib kelgan. Shu sababli bir muddat Merkelning siyosiy reytingi pasaydi, fuqarolarning uning hukumati faoliyatiga nisbatan noroziligi kuchaydi. Vaqt o‘tishi bilan inqiroz chekindi.

Muqaddas Fransiska klinikasi vakilining xabar berishicha, o‘z qiziga Germaniya kansleri ismini qo‘ygan suriyalik oila hukumat rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Angela qizchaning ismi, Merkel esa uning ikkinchi ismi hisoblanadi.

Bu birinchi holat emas. 2015-yilda Ganadan kelgan oila minnatdorchilik sifatida yangi tug‘ilgan qiziga Angela Merkelning ismini qo‘ygan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-08-2017, 01:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют