» » Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mingdan ziyod shaxsga 114 million so‘m jarima solindi

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mingdan ziyod shaxsga 114 million so‘m jarima solindi


O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov mustaqillik bayrami oldidan yong‘in xavfsizligi choralari ko‘rilayotgani, bayramni betalofat o‘tkazish uchun xizmat xodimlari shay holda ekanini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylar, ular atrofida joylashgan korxona va tashkilot, aholi turar joylari ro‘yxati shakllantirildi. Bugungi kunga qadar mazkur obyektlar yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylarning chordoq va yerto‘lalari berkitilishi ta’minlandi.

O‘ta muhim va toifalangan obyektlardan barchasi o‘rganib chiqildi. Ushbu maskanlarning yong‘indan muhofaza qiluvchi qismlari shaxsiy tarkibining jangovarligini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni tezda bartaraf etish, maxsus xizmatlar harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida garnizonlardagi kuch va vositalarni hamda boshqa xizmatlarni jalb qilgan holda yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Olib borilayotgan profilaktik ishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablarini buzgan yoki bajarmagan mingdan ziyod fuqaro, javobgar va mansabdor shaxsga tegishli tartibda 114 million so‘mdan ortiq jarima solindi. 6 mingdan ziyod yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan nosoz elektr tarmoqlar va agregatlar elektr manbaidan uzib qo‘yilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют