» » O‘zbekistonlik qiz “Olam tabassumi 2017” xalqaro go‘zallik tanlovi finalchilari o‘nligiga kirdi

O‘zbekistonlik qiz “Olam tabassumi 2017” xalqaro go‘zallik tanlovi finalchilari o‘nligiga kirdi


“Olam tabassumi 2017” xalqaro go‘zallik tanlovi hakamlari tanlov finalida bahslashadigan o‘n nafar ishtirokchini tanlab oldi. Bu haqda tanlov rasmiy saytida xabar berildi.

Finalga 8 mamlakatdan 14 nafar ishtirokchi chiqdi, ular orasida o‘zbekistonlik Madina Rashidova ham bor. Tanlovning saralash bosqichlarida esa 15 mamlakat vakilalari qatnashgan edi.

Tanlov finali 23-avgust kuni 8:05 dan 8:25 ga qadar (Toshkent vaqti bilan 10:05 dan 10:25 gacha) Rossiyaning LipetskFM radiostansiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida bo‘lib o‘tadi.

Radioefir boshida besh nafar finalchilar aniqlanadi, ularning uch nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, hay’at a’zolarining eng chigal savollariga javob beradi.

Quyida Madina Rashidovaning “tashrif qog‘ozi”ni tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tanlovda yana bir o‘zbekistonlik qiz — Laylo Musayeva ham qatnashayotgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют