» » O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Indoneziya prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Indoneziya prezidenti bilan uchrashdi


O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev 21-avgust kuni Jakartada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni, xususan, qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hamda Indoneziyaning ushbu yo‘nalishlardagi tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

Indoneziya vazirliklari va idoralarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va suv madaniyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar Indoneziya delegatsiyasi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida kelishib oldi. Ikki mamlakat vakillari, shuningdek, tomonlar savdo-sotiqni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют