» » Peskovning qizi ishlaydigan uyushma Markaziy bankka Putinning portreti tushirilgan kupyurani bosib chiqarishni taklif qildi

Peskovning qizi ishlaydigan uyushma Markaziy bankka Putinning portreti tushirilgan kupyurani bosib chiqarishni taklif qildi


Rossiyaning “Avanti” tadbirkorlar uyushmasi Markaziy bankka Vladimir Putinning portreti tushirilgan kupyura bosib chiqarishni taklif qildi, deb yozadi “RBK”. Uyushma rahbarining maslahatchisi esa Rossiya prezidenti matbuot kotibining qizi Yelizaveta Peskovadir.

“Biz iloji boricha qisqa muddatlarda Rossiya Bankining nominali 10 ming rubl bo‘lgan, Vladimir Putin tasviri tushirilgan kupyurasini chiqarishni va uni cheklangan hajmda esdalik banknotasi sifatida muomalaga kiritishni taklif qilamiz”, — deyiladi “Avanti”ning prezidenti Raxman Yansukov imzolagan murojaatda.

Yangi banknotaning kiritilishi Rossiya jamoatchiligini jipslashtiradi va fuqarolarda “pul mablag‘lari bilan muomala qilish madaniyati”ni oshiradi, deya taxmin qiladi “Avanti”dagilar. Tashabbus mualliflari Tailand tajribasiga ishora qildi, u yerda qirol Rama IX tasviri tushirilgan kupyuralarga ehtiyotsizlik bilan muomalada bo‘lganlar jinoiy jazoga tortiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют