» » AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i barcha flotlarda operatsiyalar o‘tkazishni to‘xtatib qo‘ydi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i barcha flotlarda operatsiyalar o‘tkazishni to‘xtatib qo‘ydi


AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i admiral Jon Richardson barcha flotlarga butun dunyo bo‘ylab harbiy-dengiz operatsiyalarini o‘tkazishni to‘xtatishga buyruq berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

21-avgust, dushanba kuni Singapur yaqinidagi Malakka bo‘g‘ozida John S. McCain raketa esminetsining Alnic MC tankeri bilan to‘qnashuvidan so‘ng shunday qaror qabul qilindi. Hodisa oqibatida 10 nafar dengizchi bedarak yo‘qoldi, 5 kishi jarohat oldi.

“Xabaringiz bor, bu o‘tgan 3 oy mobaynidagi ikkinchi to‘qnashuv va Tinch okeanida yuz bergan turkum hodisalardan oxirgisi. Mazkur holat qat’iy harakatlarni talab etadi. Men butun dunyodagi barcha flotlarimizda operatsion tanaffus joriy etishga buyruq berdim”, — deyiladi admiralning Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyunda Idzu yarim oroli janubidagi Irodzaki burnidan 20 kilometr uzoqda Fitzgerald esminetsi ham ACX Crystal konteyner tashuvchisi bilan to‘qnashgan va 7 nafar amerikalik dengizchi halok bo‘lgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют