» » Farg‘onada 200 ta mikroGES ishga tushirilishi mumkin

Farg‘onada 200 ta mikroGES ishga tushirilishi mumkin


Farg‘ona politexnika instituti olimlari viloyat hokimligi tashabbusi asosida “Farg‘onaazot” AJ, Marg‘ilon traktor ta’mirlash korxonasi hamda “Marg‘ilon temirchi” MChJ bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Tajriba-sinov ishlari soy va kanallarning suv oqimi tabiiy sharoiti va kinetik energiyasidan foydalanib ishlovchi oddiy, arzon va qulay, avtomatlashtirilgan avtonom mikroGESlar yaratishga qaratilgan. Bu borada viloyatning suv xo‘jaligi, elektr tarmoqlari va Farg‘ona mexanika zavodi mutaxassislari bilan birgalikda Mikro-gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish va hayotga tatbiq etish yuzasidan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Birinchi bosqichda Katta Farg‘ona kanali, Janubiy Farg‘ona kanali, Andijon kanallaridagi suv oqimining talab qilingan tezligi, miqdori, balandlik bosimi, iste’molchilar imkoniyatidan kelib chiqib o‘rtacha quvvati 50 kVt. bo‘lgan 230 mikroGES qurish mumkinligi aniqlandi. Joriy yilning o‘tgan davrida Farg‘ona shahridan oqib o‘tuvchi Marg‘ilonsoyda ishga tushirilgan 2 mikroGES soatiga 40-50 kVt. energiya ishlab chiqarmoqda. Ayni paytda bunday qurilmalarni Oltiariq tumanida xonadonlar uchun ham qo‘llash ustida ish olib borilmoqda. Viloyatda 2017-2018-yillarda 200 dan ortiq mikroGES ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Sirojiddin Ergashev, Farg‘ona politexnika instituti professori, texnika fanlari doktori.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning Farg‘ona mexanika zavodi bilan kooperatsiya asosida mikroGESning asosiy qurilmalari – gidroagregat, reduktor, generator va avtomatik boshqaruv tarmoqlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvati tahlil qilinib, har bir yo‘nalish uchun ishlab chiqaruvchilar belgilandi. Hamkorlikning dastlabki samarasi sifatida Farg‘ona mexanika zavodida institut olimlari tomonidan mikroGES gidroagregatining 50 kVt.dan 300 kVt.gacha bo‘lgan bir necha variantli loyihalari tayyorlanib, ishlab chiqarishga topshirildi.

Loyiha mualliflaridan biri, yosh olim Sardor Yusupovning ta’kidlashicha, mikroGESlarni ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan generatorlar hozircha Xitoy yoki Rossiyadan keltirilmoqda. Agar ushbu muhim vositani ishlab chiqarish mahalliylashtirilsa, tannarxning ikki barobar arzonlashishiga erishiladi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu maqsadda institut ilmiy laboratoriyalarida o‘zgarmas tok generatoridagi doimiy tokni o‘zgaruvchan tokka aylantirish yo‘llari, mikroGESning markaziy elektr tarmoqlariga ulanish sxemalari, avtomatik boshqarish tizimlari ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Institut olimlari Oltiariq tumanidagi Maida izol invest korxonasi mutaxassislari bilan birga, mikroGESlar uchun doimiy magnitli zamonaviy innovatsion generatorlar, avtomatik boshqarish tizimlari, ionno-litiyli va vodorodli akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi innovatsiya korxonasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib bormoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi mikroGESlar tajribasini boshqa hududlarga ham joriy etishni tavsiya qildi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют