» » Alibaba va 1,3 millard dollar: Jek Maning davlati bir kunda keskin oshdi

Alibaba va 1,3 millard dollar: Jek Maning davlati bir kunda keskin oshdi


Alibaba kompaniyasi asoschisi hamda ijrochi direktori Jek Maning davlati bir kunda 1,3 milliard dollarga ortdi, deb xabar berdi Forbes.

Bu kompaniyaning birinchi chorak bo‘yicha hisobotni e’lon qilganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 foizga oshgan. Ushbu natijalar tahlilchilar kutganidan ham yuqori bo‘lib chiqdi, kompaniya aksiyalari 10 foizdan ortiqroqqa ko‘tarildi. Maning davlatini yarmidan ortig‘ini Alibaba aksiyalari tashkil etgani sabab kotirovkalarning ko‘tarilishi uning boyligini keskin ortishiga olib keldi.

Bundan tashqari, ikkinchi chorak davomida bulutli servislardan keladigan daromadlar deyarli ikki barobarga ortib 360 million dollarni tashkil etdi. Daromadning o‘sishiga Alibaba’ning pullik internet-servislar va internet-infratuzilmalaridan foydalanuvchi mijozlarning umumiy sonini 75 foizga ortishi bilan tushuntirildi.

Forbes Real Time reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Jek Maning boyligi 37,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. U Xitoydagi eng badavlat odam hisoblanib, reytingda 2-pog‘onani egallagan Tencent Holdings raisi Ma Xuatengni 900 million dollarga “ortda qoldirmoqda”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют