» » Hindiston energetika vaziri Twitter’da Rossiya yo‘llari bilan maqtandi

Hindiston energetika vaziri Twitter’da Rossiya yo‘llari bilan maqtandi


Hindiston energetika vaziri Piyush Goyyal mahalliy yo‘llarni Rossiya trassalari bilan adashtirib qo‘ydi. Bu haqda IndiaToday xabar bermoqda.

Hind ko‘chalarini yoritish dasturi muvaffaqiyatlarini tilga olgan Goyyal Twitter’dagi sahifasida fonarlar o‘rnatilgan trassa fotosini joylashtirdi va unga “Hukumat 30 yillik ko‘cha fonarlarini yorug‘lik diodli chiroqlarga almashtirdi va Hindistondagi 50 ming kilometr yo‘lni yoritdi”, deya izoh berdi.

Vazirning mushtariylari Goyyal yorug‘lik diodli fonarlar bilan yoritilgan Hindiston yo‘llari o‘rniga Rossiya trassasi fotosini qo‘yganiga e’tibor qaratdi.

“Qoyilmaqom ish, janob. Faqat menda kichik iltimos bor: hammasi tayyor bo‘lganida haqiqiy fotodan foydalansangiz”, — deya kinoya qildi ulardan biri.

Mazkur tanqidga javoban Goyyal yana bir post chop etdi va hushyor foydalanuvchilarga minnatdorlik bildirdi. Vazirning original tvitidagi tasvir haqiqiysiga almashtirildi.

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют