» » AQShga ko‘chib ketish istagidagi o‘zbekistonliklar soni 2016-yilga nisbatan ko‘paydi

AQShga ko‘chib ketish istagidagi o‘zbekistonliklar soni 2016-yilga nisbatan ko‘paydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi aholining migratsiya, xususan, mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq kayfiyatini o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

So‘rovnomada O‘zbekistonning barcha hududlaridan 18 yosh va undan yuqori jami 1100 kishi ishtirok etdi. So‘rovnomada qatnashganlarning 49,4 foizi erkaklar, 50,6 foizi esa ayollardir; respondentlarning 50,5 foizi shaharlarda, 49,5 foizi esa qishloqlarda istiqomat qiladi.

So‘rovnomada qatnashganlarning 97,1 foizi o‘z kelajagini O‘zbekiston bilan bog‘lashini, 1,5 foizi esa doimiy yashash maqsadida xorijiy mamlakatga ketish istagini bildirgan, 1,4 foiz qatnashchilar esa javob berishga qiynalishini ma’lum qilgan.

So‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda yashash maqsadida AQShga ko‘chib o‘tish istagini bildirganlar soni 2016-yilga nisbatan ikki barobar ortgan — ko‘chish istagini bildirganlarning 14,9 foizi AQShni tanlagan (2016-yilda AQShni tanlaganlar ulushi 6,7 foiz edi).

Amerikaga ko‘chib o‘tish istagini bildirganlarning aksariyati Andijon, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida istiqomat qiladi.

G‘arbiy Yevropaga ketish istagidagilar soni kamaygan — ularning ulushi 2016-yildagi 19,9 foizdan 2017-yilda 18,8 foizga tushgan.

So‘rovnomada qatnashgan 1100 respondentning birortasi Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tish niyatida emasligi ma’lum bo‘ldi.

So‘rovnoma ishtirokchilari orasida eng ommabop migratsiya yo‘nalishi (xususan, mehnat migratsiyasi masalasida) Rossiya bo‘ldi. Respondentlarning 43,8 foizi Rossiyaga ko‘chish istagini bildirgan (2016-yilda ularning soni 40 foiz edi).

So‘rovnoma xulosalariga ko‘ra, mazkur tanlov “Rossiyada qarindoshlar va do‘stlarning borligi” hamda “til muammosining yo‘qligi” bilan asoslangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют