» » Dehlida “O‘ztreyd” savdo uyi ochildi

Dehlida “O‘ztreyd” savdo uyi ochildi


O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi qoshidagi “O‘ztreyd” kompaniyasi eksport yetkazmalari hajmini oshirish hamda Hindiston bozoridagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida Dehli shahrida savdo uyini ochdi. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Savdo uyi negizida doimiy ravishda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning shourumi ishlab turadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning mustahkamlanishi, shuningdek, o‘zaro mahsulot yetkazish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish 22-avgust kuni Dehlida o‘tgan O‘zbekiston va Hindiston biznes davralari biznes-forumining asosiy mavzusiga aylandi. Tadbir “Hindiston–MDH” savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Hindiston biznesmenlari bilan muzokaralar olib bordi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra “O‘ztreyd” kompaniyasi O‘zbekistondan dukkakli ekinlar, shirinmiya ildizi, tekstil va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 30 million dollar qiymatga ega shartnomalar imzoladi. Mahsulot yetkazib berish shu yil sentabridan boshlanishi kutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют