» » Maldivda 60 yillik moratoriydan so‘ng o‘lim jazosi qayta tiklanadi

Maldivda 60 yillik moratoriydan so‘ng o‘lim jazosi qayta tiklanadi


Maldiv rasmiylari, xalqaro huquq tashkilotlarining e’tirozlariga qaramay, 60 yillik taqiqdan so‘ng yana o‘lim jazosini tiklamoqchi. Bu haqda mamlakat prezidentining katta maslahatchisi Abdulla Yamin bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘lim jazosi qotilliklar va narkojinoyatlarni tutib turuvchi chora sifatida qo‘llanadi.

“Maldivliklarning ko‘pchiligi o‘lim jazosining joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu har qanday hukumat uchun murakkab qaror. Lekin hukumat aybsiz insonlar hayotini himoya qilishi lozim”, — ta’kidladi Abdulla Yamin.

Maslahatchining bildirishicha, qatllar ommaviy tarzda, boshqalarning ko‘z o‘ngida o‘tkazilmaydi. Mafushi orolidagi mamlakatning asosiy qamog‘ida ushbu hukmni ijro etish uchun maxsus kamera quriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют