» » Livan armiyasi Suriya chegarasidagi 100 kv km hududni IShIDdan ozod qildi

Livan armiyasi Suriya chegarasidagi 100 kv km hududni IShIDdan ozod qildi


Livan armiyasi Suriya bilan chegara hududdagi 100 kvadrat kilometr maydonni IShID terrorchilaridan tozaladi. Bu haqda Livan qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili general Ali Kansu bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, al-Qa’ va Ras-Baalbek tog‘li tumanlarining IShID qo‘li ostida qolayotgan 120 kvadrat kilometrlik hududidan 100 kvadrat kilometri ozod qilingan.

Livan armiyasi qo‘mondonligi 19-avgust kuni IShIDga qarshi “Tog‘li tumanlar tongi” operatsiyasini boshlagan edi. Operatsiya Suriya bilan chegara tumanlarini terrorchilardan tozalashga qaratilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют