» » Germaniyada Trampning boshi shaklida ekstazi tabletkalari partiyasi musodara qilindi

Germaniyada Trampning boshi shaklida ekstazi tabletkalari partiyasi musodara qilindi


Germaniya politsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning boshi shaklidagi besh mingta ekstazi tabletkalarini musodara qildi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Tabletkalarning bir tomonida Trampning boshi tasvirlangan, boshqa tomonidan uning familiyasi yozilib, yulduzlar va №1 raqami bilan bezatilgan

Narkotiklar Osnabryuk shahri (Quyi Saksoniya yeri) politsiyasi tomonidan furgon tekshirilayotganida aniqlandi. Furgon ichida 51 yoshli Avstriya fuqarosi va uning 17 yoshli o‘g‘li bor edi. Ular Germaniyaga Niderlandiyadan kirib kelgan bo‘lib, narkotiklar o‘sha yerdan yetkazilgani taxmin qilinmoqda.

Musodara qilingan yukning umumiy qiymati 47 ming dollarga baholanmoqda.

Furgonda bo‘lgan ota-o‘g‘il hibsga olindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют