» » Andijonda umumiy qiymati 4000 dollardan ortiq pul va taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Andijonda umumiy qiymati 4000 dollardan ortiq pul va taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi


Andijon viloyati Paxtaobod tumani Toshqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1954-yilda tug‘ilgan K.F.ning yashash uyidan noma’lum shaxs umumiy qiymati 4000 dollardan ortiq pul va taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Andijon viloyat IIB xabar berdi.

Noma’lum shaxs xonadon yotoqxonasidagi javon tortmasidan jami 3100 AQSh dollari, 2000 Rossiya rubli, narxi 1000 AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 dona tilla zanjir, 3 dona tilla uzuk va 3 juft tilla ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.

Paxtaobod tuman IIB xodimlarining tezkor surishtiruv harakatlari natijasida jinoyat sodir etgan shaxs ushlandi. U Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan K.M. ismli ayol ekanligi aniqlandi

Undan daliliy ashyo sifatida 2600 AQSh dollari, 1000 Rossiya rubli va 80000 so‘m pullar olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют