» » Buxoroda o‘z otasini pichoqlab o‘ldirgan fuqaro uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Buxoroda o‘z otasini pichoqlab o‘ldirgan fuqaro uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilindi


Buxoro shahrining Nurobod ko‘chasida yashovchi fuqaro O. mast holda tungi payt uyiga kelib darvozani taqillatgan. Darvozani biroz vaqtdan so‘ng ochgan keksa otasidan g‘azablangan O. otasini itraib yiqitib, oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qismiga bir necha bor urgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qariya olingan jorohat sababli hushini yo‘qotgan. Hovlidagi shovqindan uyg‘ongan oilaning boshqa a’zolari qariyani kasalxonaga olib borgan. Biroq olingan jarohatdan keksa ota kasalxonaga ketish yo‘lida vafot etgan.

Fuqaro O.ning bu qilmishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismining “v” va “j” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mazkur jinoyat ishi 2017-yil 22-avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudida ko‘rib chiqildi. Sudning hukmi bilan O. uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shu bilan birga unga jazoni o‘tash joylarida alkogolizmdan davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llaniladigan bo‘ldi.

Sudlangan yigit aslida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, spirtli ichimlik iste’mol qilishga ruju qo‘yib, doimiy ravishda otasidan pul talab qilib, u bilan janjallashib kelgan. U muqaddam ikki marotaba, o‘g‘rilik va talonchilik jinoyatlari uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют