» » Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning yangi sanksiyalariga javob choralarini tayyorlamoqda

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning yangi sanksiyalariga javob choralarini tayyorlamoqda


AQSh moliya vazirligi to‘rt nafar rossiyalikni KXDR bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ygach, Rossiya tashqi ishlar vazirligi javob choralarini tayyorlamoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“AQSh sobiq prezidenti Barak Obama davridayoq boshlab berilgan, ikki tomonlama aloqalarni barbod qilishga qaratilgan trend davom ettirilmoqda… Bunday vaziyatda Amerika vakillarining ikki tomonlama munosabatlarni barqarorlashtirish istagi haqidagi gaplari juda ishonchsiz eshitiladi”, — dedi Ryabkov.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya doim kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘lib kelgan, “sanksiyalar tili” esa Moskva uchun nomaqbul.

Ryabkov amerikalik hamkasblari qachondir to‘g‘ri fikrlay boshlashiga umid bildirib qoldi. “Ayni paytda esa biz bu vaziyatda muqarrar bo‘lgan javob choralarini ishlab chiqishga kirishmoqdamiz”, — dedi u.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют