» » Diskvalifikatsiya o‘z kuchida qoldi. Krishtianu Ronaldu “Real”ga yana 3 o‘yinda yordam berolmaydi

Diskvalifikatsiya o‘z kuchida qoldi. Krishtianu Ronaldu “Real”ga yana 3 o‘yinda yordam berolmaydi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya La ligasining yana uch uchrashuvida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Bu haqda AS xabar berdi.

Ispaniya Superkubogining “Kamp Nou”da kechgan o‘yinida Ronaldu gol urib futbolkasini yechgani uchun ogohlantirilgan, keyinroq simulyatsiya uchun maydondan chetlatilgandi. Bu borada futbolchi hakamni turtib yuborishga ham ulgurdi. Ispaniya futbol federatsiyasi tartib intizom qo‘mitasi Krishtianuni 4 ta o‘yinga chetlatdi, appelyatsiya qo‘mitasi buni to‘g‘ri deb topdi.

Shundan so‘ng “Real” Ispaniya sport arbitraj sudiga murojaat qilgandi. Shikoyat qanoatlantirilmadi va Ronaldu belgilangan jazoni baribir o‘taydigan bo‘ldi.

Futbolchi Superkubokning Madridda o‘tgan javob o‘yinida maydonga tusha olmagandi, keyinroq La liganing ilk turidagi “Deportivo”ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yubordi. Endilikda portugaliyalik hujumchi “Valensiya”, “Levante”, “Real Sosyedad” klublariga qarshi uchrashuvlarda ham ishtirok etmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют