» » Olimlar jigarni qayta tiklashning yangi usulini topdi

Olimlar jigarni qayta tiklashning yangi usulini topdi


Shotlandiya, AQSh va Rossiya olimlari jigar ichki o‘t yo‘llari hujayralari jigarning qayta tiklanishida ishtirok etishini ko‘rsatib berdi, deb yozadi “TASS”.

Edinburgdagi Regenerativ tibbiyot markazi, Massachusets texnologiya instituti va Skolkovo ilm-fan va texnologiyalar instituti olimlarining kashfiyoti jigar xastaliklari, masalan, sirroz bilan kurashishda yordam beradi.

Jigar hujayralari — gepatotsidlar regeneratsiya (qayta tiklanish, qayta o‘sish)ga qodir, ammo bu amalda yetarlicha tez yuz bermaydi, yangi hujayralar esa tez qariydi. Shu tufayli olimlar jigar uchun tana hujayralari roliga mos keluvchi va uning to‘qimalarini qayta tiklovchi boshqa hujayralarni qidirdi.

Shu maqsadda olimlar jigar o‘t yo‘llari hujayralari — xolangiotsitlarni tekshirib ko‘rdi. Tajribada sichqonlardan foydalanishdi, ularda jigar xastaligini keltirib chiqarishdi, so‘ng uning qayta tiklanishini kuzatishdi. Tajriba sichqonlarining gepatotsitlaridagi hujayralar bo‘linishi uchun javobgar bo‘lgan gen o‘chirib qo‘yildi, olimlar jigar ularsiz qanday tiklanishini ko‘rmoqchi bo‘ldi.

Jigar to‘qimalari baribir tiklandi. Olimlar bu xolangiotsitlar hisobiga amalga oshganini aniqladi. Ular o‘t yo‘llaridan chiqib, “nosoz” gepatotsitlar o‘rniga, jigar hujayralariga aylangan.

Endi olimlar sirrozga chalingan odamning jigarini o‘z xolangiotsitlarini ko‘chirib o‘tkazish yordamida qayta tiklashni o‘rganmoqchi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 16) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют