» » Xitoyda “Xato” to‘foni tufayli xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilindi

Xitoyda “Xato” to‘foni tufayli xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilindi


Xitoyda Guandun va Futszyan provinsiyalarining sohilbo‘yi hududlariga “Xato” to‘foni yaqinlashayotgani munosabati bilan xavfning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mamlakat markaziy meteorologiya xizmati prognoziga ko‘ra, tropik siklon qirg‘oqqa 23-avgust, chorshanba kuni tushki payt yetib boradi.

Hozirda to‘fon Guandun provinsiyasining Chjuxay shahridan 200 kilometr janubi-sharqda bo‘lib, g‘arbiy yo‘nalishda soatiga 25 kilometr tezlikda harakatlanmoqda va tobora kuchaymoqda. Siklonning markaziy qismida shamol tezligi soniyasiga 40 metrga yetmoqda.

Szyansi, Xunan, Guychjou, Yunnan provinsiyalari, Guansi-Chjuan avtonom tumani va Xaynan orolida ham kuchli yog‘inlar va shiddatli shamollar kutilmoqda.

Xitoyda to‘fon tufayli xavfning eng yuqori darajasi joriy yilda birinchi bor e’lon qilinmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют