» » Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston Bosh vazirining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston Bosh vazirining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi


2017-yilning 22-avgust kuni Abdulaziz Komilov Dehli shahrida Hindiston Bosh vazirining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ajit Kumar Doval bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Mufassal suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan barcha jabhalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston—Hindiston muloqotida ijobiy dinamika kuzatilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda mintaqadagi holat, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning o‘zgarishi, boshqa xalqaro muammolar bo‘yicha ham fikr almashildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют