» » Kumush taqinchoqlar nega qorayadi?

Kumush taqinchoqlar nega qorayadi?


Ba’zan kumushdan yasalgan buyumlar vaqt o‘tishi bilan qorayadi, lekin ba’zan esa o‘z rangini keskin o‘zgartiradi. Nima uchun bunday bo‘lishini, nima uchun kumush qorayishini bilib oling.

Ko‘pchilik kumush buyumlar tarkibiga nam va toza havo ta’sirida oksidlanuvchi mis qo‘shiladi. Shuning uchun qimmatbaho metallda muntazam ravishda qalinlashib boruvchi qatlam paydo bo‘ladi. Albatta, bu qatlamning paydo bo‘lish tezligi havoning namligiga, iqlimning almashishiga va suv bilan aloqa qilish darajasiga ham bog‘liq.

Shuningdek taqinchoqlarning tashqi ko‘rinishiga organizmdagi ichki jarayonlar ham ta’sir ko‘rsatadi.

Ba’zan siz muntazam ravishda taqadigan taqinchoqlarning hammasi ham qorayib ketmasligi mumkin. Ko‘pchilik yog‘ bezlari tananing aynan ko‘krak qismida joylashganini hisobga oling. Shuning uchun ko‘proq zanjirlar va kulonlar qorayishga moyil bo‘ladi. Shuningdek gormonal balansni ham tekshirish ortiqchalik qilmaydi.

Kumush taqinchoqlaningizning qorayish sabablarini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagilarni eslashga harakat qiling: yaqin orada kuchli stressni boshdan kechirganmisiz yoki tarkibida oltingugurt bo‘lgan yangi dori qabul qilganmisiz? Balki, sababi aynan ular bo‘lishi ham mumkin.

Kumushning rangini o‘zgartirishi buyraklar faoliyatining buzilishi va odamning asab tizimi muammolaridan darak berishi ham mumkin. Agar hamma taqinchoqlar emas, balki faqat ba’zilari qoraygan bo‘lsa, bu endokrin tizimidagi ma’lum bir buzilishlar borligini bildiradi.

Har qanday holatda ham oldindan vahimaga tushish yaramaydi. Kumush taqinchoqlaringizni tozalang va rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. Bu vaqt ichida uni sport zaliga, hammomga, hovuzga borganda taqmaslikka harakat qiling. Agar buyum qorayishni davom ettirsa, unda organizmni to‘liq tekshirtiring. Omad tilaymiz!

Manba: “Passion.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют