» » Belarusda mamlakatning ilk elektromobili taqdim etildi

Belarusda mamlakatning ilk elektromobili taqdim etildi


Belarus Fanlar milliy akademiyasi mamlakatning ilk elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda “BELTA” xabar bermoqda.

Akademiyaning Mashinasozlik birlashgan instituti bosh direktori Sergey Poddubkoga ko‘ra, tajriba nusxasi salkam bir yil davomida yaratilgan elektromobil dvigatelining quvvati 80 ot kuchi yoki taxminan 60 kilovattga teng.

Bu shahar ichida harakatlanish uchun yetarli bo‘lib, mashinaning maksimal tezligi soatiga 110 kilometrdan iborat.

Avtomobilni maxsus to‘yintirish qurilmasidan tashqari oddiy elektr rozetkasidan ham quvvatlantirish mumkin. Tajriba nusxasi Xitoyning GeelySC7 mashinasi asosida yaratildi. Uning narxi ma’lum qilinmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют