» » AQSh Davlat departamenti Suriya rasmiylariga kimyoviy qurol qo‘llangani uchun javob choralari bilan tahdid qildi

AQSh Davlat departamenti Suriya rasmiylariga kimyoviy qurol qo‘llangani uchun javob choralari bilan tahdid qildi


Bashar Asad tuzumi kimyoviy qurol qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatishi lozim. AQSh Davlat departamenti Suriya armiyasining Sharqiy Gutadagi kimyoviy hujumiga 4 yil to‘lishi munosabati bilan shunday bayonot berdi, deya ma’lum qildi “Gazeta.ru”.

AQSh ma’muriyatiga ko‘ra, 2013-yili mazkur hujum oqibatida 1400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

“Suriya prezidenti tuzumi kimyoviy qurol qo‘llashni to‘xtatishi, barcha kimyoviy qurol zaxiralarini to‘liq oshkor etishi va Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot bilan hamkorlik qilishi zarur”, — deyiladi bayonotda.

Davlat departamenti kimyoviy qurolni qo‘llash bo‘yicha xalqaro huquq, me’yor va standartlarga rioya etmaganligi uchun rasmiy Damashqqa nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют