» » “Tolibon” Trampning Afg‘onistonda Amerika harbiy kontingenti saqlab qolinishi haqidagi bayonotini qoraladi

“Tolibon” Trampning Afg‘onistonda Amerika harbiy kontingenti saqlab qolinishi haqidagi bayonotini qoraladi


“Tolibon” harakati vakili AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston hududida Amerika harbiy kontingenti saqlab qolinishi haqidagi bayonotini qoraladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Afg‘onistonda urushni davom ettirish o‘rniga amerikaliklar askarlarini olib chiqish haqida o‘ylashlari kerak edi. Harbiy harakatlarimiz mamlakatimizda AQShning birgina askari qolguncha davom etadi”, — dedi toliblar vakili Zabihulla Mudjahid.

Mazkur bayonot Trampning Afg‘oniston va Janubiy Osiyodagi vaziyat bo‘yicha rasmiy chiqishidan bir necha soat o‘tib yangradi.

Ma’lumot uchun, Fox News telekanaliga ko‘ra, Tramp Afg‘onistonga qo‘shimcha 4 ming nafar amerikalik harbiyni jo‘natish haqidagi farmonni imzolashga ulgurdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют