» » Mirobod dehqon bozorida ham pulni naqlashtirish imkoni paydo bo‘ldi

Mirobod dehqon bozorida ham pulni naqlashtirish imkoni paydo bo‘ldi


“Qishloq qurilish bank” tomonidan Toshkent shahar Miribod tumanidagi Mirobod dehqon bozori hududida naqd pul olish imkoniyatini beruvchi bankomat joylashtirildi. Bu haqda bank axborot xizmatiga tayanib, “1news.uz” xabar berdi.

Poytaxtdagi Mirobod dehqon bozori hududida joriy yilning 14-avgust kunidan sinov tariqasida naqd pul olish imkonini beruvchi tegishli dasturlar o‘rnatilgan bankomat ishga tushirildi.

Endilikda mazkur bankomat orqali bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming so‘mgacha bo‘lgan naqd pul yechib olinishi mumkin bo‘ladi. Bankomatga 1 000, 5 000 va 10 000 so‘mlik kupyuralar joylashtirilgan. Plastik kartadan naqd pul yechib olish jarayoni uchun taxminan 1,5—2 daqiqa sarflanadi.

Yuqoridagi bank xizmati uchun plastik karta egasidan komissiya to‘lovlari undirilmaydi. Bankomatlar Uzcard tizimiga ulangan istalgan bank plastik kartasini qabul qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют