» » O‘zMTRKda ko‘rsatuvlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishi davom etmoqda. XPK va “Munosabat” bayramdan so‘ng jonli efirga qaytadi

O‘zMTRKda ko‘rsatuvlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishi davom etmoqda. XPK va “Munosabat” bayramdan so‘ng jonli efirga qaytadi


O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlari jonli efirda chiqishi to‘xtagani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Bu haqda “Daryo”ning O‘zMTRKdagi manbalari ma’lum qildi.

Bir qator nashrlarda O‘zbekiston televideniyesida ko‘rsatuvlarning jonli efirga chiqishi to‘xtatilgani, xususan, Xalqaro press-klub anjumanlari “O‘zbekiston 24” va boshqa telekanallarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatilmaydigan bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston” telekanalidagi Quddus A’zam muallifligidani “Munosabat” ko‘rsatuvi ham jonli efirdan olingani aytilgan edi.

“Yoshlar” telekanalidagi manbaning ma’lum qilishicha, kanalning “Davr mavzusi” ko‘rsatuvi 22-avgust kuni ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan. “O‘zbekiston 24” telekanalidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, yangiliklar dasturlari, intervyularning jonli efirdagi namoyishi davom etmoqda. Xususan, 23-avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda senator Alisher Kurmanov bilan uyushtirilgan.

“O‘zbekiston” telekanalidagi manbaning ma’lum qilishicha, jonli efirdagi ko‘rsatuvlar namoyishi vaqtincha — efir bayram dasturlari bilan to‘lib ketgani munosabati bilan to‘xtatilgan. Sentabr oyida shu kungacha jonli efirda chiqqan ko‘rsatuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga qaytadi.

Mavzuga doir: Sherzod Qudratxo‘jayev: Xalqaro press-klub o‘z faoliyatini davom ettiradi

Avvalroq Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqish texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatilgani”ni ma’lum qilgan edi. Qayd etish joiz, XPKning 23-avgust kuni Xalq ta’limi vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan anjumani jonli efirga chiqmadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют