» » BMT Oliy komissari ozodlikka chiqqan Erkin Musayevga tabrik yo‘lladi

BMT Oliy komissari ozodlikka chiqqan Erkin Musayevga tabrik yo‘lladi


BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn BMTning O‘zbekistondagi sobiq xodimi Erkin Musayevni ozodlikka chiqqani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda BMT inson huqulari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Erkin Musayev BMT Inson huqulari va Yevropa ittifoqi qo‘shma dasturining mamlakatdagi rahbari lavozimida ishlagan, bundan oldin Mudofaa vazirligida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 11 yil davomida qamoqda saqlangan. U mintaqalararo seminarda ishtirok etish uchun uchib ketayotganida Toshkent aeroportida qo‘lga olingan. 2006—2007-yillarda uchta alohida ayblovlar bilan tegishli ravishda 15, 6 va 4 yilda ozodlikdan mahrum qilingan.

2008-yilda BMTning asossiz ravishda hibsga olingalar bilan shug‘ullanuvchi, Ishchi guruh nomi bilan mashhur mustaqil “Maxsus jarayon”i Erkin Musayev nohaq ravishda sudlanganini va asossiz ravishda hibsga olinganini ma’lum qilgandi. Natijada uning ishi bilan BMTning boshqa organlari shug‘ullangan, jumladan, BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi va inson huquqlari bo‘yicha uchta Oliy komissari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Erkin Musayevning ishi may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Oliy komissar Zeyd Raad al-Husaynning Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida muhokama qilingan.

“Janob Musayev hech kim hech qachon ortga qaytarib bera olmaydigan hayotining 11 yilini yo‘qotdi. Shunga qaramay u endilikda ozod inson va bu O‘zbekistonga yangi rahbariyat kelgani sabab sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning yorqin bir misoli. Men O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatini ushbu o‘zgarishlarning alohida maydonini mustahkamlashni, qolgan barcha siyosiy mahbuslarni iloji boricha terzoq ozodlikka chiqarishini so‘rayman”, — dedi Zayd Raad al-Husayn.

Shuningdek, Erkin Musayevni Human Rights Watch hamda Amnesty International kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari ham tabrikladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют