» » O‘zbekiston U16 termasini Belgiya, Polsha, Portugaliya kabilardan keyin Rossiya kutib turibdi

O‘zbekiston U16 termasini Belgiya, Polsha, Portugaliya kabilardan keyin Rossiya kutib turibdi


Osiyo Chempionatining saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etishi kerak bo‘lgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston U16 terma jamoasi Polshadagi turnirda qatnashishi haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, unda O‘zbekistondan tashqari Yevropaning yana 7 mamlakati o‘ynashi ko‘zda tutilgandi.

O‘FF matbuot xizmati Dilshod Nuraliyev jamoasini oldinda yana bir turnir kutib turgani haqida ma’lumot berdi. Polshadagi musobaqa 3-sentabr kuni yakuniga yetadi. Keyin jamoa 4-sentabr kuni start oladigan Qozog‘iston Prezidenti Kubogida ishtirokini boshlaydi va shu kuni Rossiya o‘smirlariga qarshi maydonga tushadi.

5-sentabr kuni O‘zbekiston U16 Tojikiston bilan bellashadi, yana ikki kundan so‘ng Qirg‘izistonni sinovdan o‘tkazadi. 8-sentabr kuni final va qolgan bellashuvlar o‘tishi ko‘zda tutilgan. Turnirda, shuningdek, Albaniya, Gruziya, Qozog‘iston va Turkmaniston termalari bo‘ladi.

Osiyo Chempionatining saralash turniri 16—24-sentabr kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют