» » Abdulaziz Komilov Hindiston tashqi ishlar vazirini Samarqanddagi konferensiyaga taklif etdi

Abdulaziz Komilov Hindiston tashqi ishlar vazirini Samarqanddagi konferensiyaga taklif etdi


2017-yil 22-avgust kuni Dehli shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Hindiston kun tartibining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining 2017-yil iyun oyida Ostona shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitida ishtiroki doirasidagi uchrashuvi ikki tomon munosabatlarining muhim bosqichi bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, oliy darajadagi uchrashuv davlatlar o‘rtasidagi manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishning keyingi bosqichlarini belgilab berdi.

Vazirlar ShHT doirasida hamkorlik qilishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

Abdulaziz Komilov Sushma Svarajni joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligi ostida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют