» » AQShda noyob avtomobillarni ijaraga berish xizmati paydo bo‘ldi

AQShda noyob avtomobillarni ijaraga berish xizmati paydo bo‘ldi


AQShda qadimiy avtomobillarni sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi Hagerty kompaniyasi DriveShare xizmatini ishga tushirdi. U noyob mashinalar egalariga ularni ijaraga berish imkonini yaratadi, deya xabar beradi “Motor”.

Avtomobillar egalari o‘zlari ijara qiymatini belgilaydi, buning ichiga yo‘llarda yordam xizmatidan foydalanish uchun haq ham kiritilgan.

Ayni paytda DriveShare sayti orqali AQShning turli hududlaridagi 134 ta avtomobil taklif etilmoqda.

Masalan, Kaliforniyada Lamborghini Aventador’ni kuniga 3300 dolllardan ijaraga olish mumkin. Atlantada 1000 dollar evaziga 1971-yilda chiqarilgan Chevrolet Corvette kun bo‘yi ixtiyoringizda bo‘ladi. Texasda esa 1931-yilga mansub Ford Model A 179 dollardan taklif qilinmoqda.

Ayrim o‘ta eski avtomobillarni faqat tadbirlar uchun buyurtma qilish mumkin, ularni egalari boshqaradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют