» » Senat qo‘mitalarining yig‘ilishida Konstitutsiyaviy sud, Oliy sudi sudyalarining saylanishiga oid masalalar ko‘rib chiqildi

Senat qo‘mitalarining yig‘ilishida Konstitutsiyaviy sud, Oliy sudi sudyalarining saylanishiga oid masalalar ko‘rib chiqildi


2017-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan. Shundan 10 tasi qonun hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning 6 tasi yangi qonundir, deb xabar berdi O‘zA.

2017-yil 23-avgust kuni yalpi majlis oldidan Senat qo‘mitalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar tegishliligi bo‘yicha yana bir bor ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlabki majlis Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida tashkil etildi. Unda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan elchi tayinlash,  ayrim elchilarni lavozimidan ozod etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Qo‘mita a’zolari tomonidan 2016-yil hamda 2017-yilning birinchi yarmida yuborilgan senator so‘rovlarining monitoringi yakunlari muhokama etildi.

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihalari hamda ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid masala ko‘rib chiqildi.

Yuksak huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning muhim shartidir. Hozirgi kunda mamlakatimizda 30 mingdan ortiq qonun hujjatlarini o‘z ichiga qamrab olgan huquqiy baza mavjud. Lekin bu bazadan yetarli darajada foydalanilmayapti. Bunga barham berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy axborotlarni tarqatish tizimini takomillashtirishga oid Prezidentimizning shu yil fevral oyida farmoni ham qabul qilindi. Mazkur farmon asosida ishlab chiqilgan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi huquqiy axborotlarni o‘z vaqtida tegishli tizimlarga, aholiga yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, yangi qonun kuchga kirishi bilan u tegishli vazirlik yoki idora veb-saytida 24 soat ichida e’lon qilinishi zarur.

Tolib Madumarov, senator

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalarining saylanishi, lavozimidan ozod etilishiga oid masala ko‘rib chiqildi. Qo‘mita a’zolari tomonidan 2016-yil davomida hamda 2017-yilning birinchi yarmida yuborilgan senator so‘rovlarining monitoringi yakunlari muhokama etildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют