» » Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevning birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevning birinchi o‘rinbosarini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevning birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, Shuvalovni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning Rossiya tomonidan raisi etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyali sohalardagi investitsion loyihalar va yangi istiqbolli dasturlar ijrosini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuvalov samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vaziri Dmitriy Medvedevning salom va ezgu tilaklarini izhor etdi. Hukumat raisining birinchi o‘rinbosari Rossiya O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni bundan buyon ham strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlantirib, mustahkamlab borishga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют