» » Video: “Aviasozlar” bozoridagi ishlamayotgan bankomat oldidagi navbat

Video: “Aviasozlar” bozoridagi ishlamayotgan bankomat oldidagi navbat


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Aviasozlar” bozoriga Milliy bank tomonidan o‘rnatilgan bankomat 23-avgust kuni bir necha soat davomida ishlamadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Bankomatdan naqd pul olish maqsadida kelgan ayollardan birining soat 12:00 da “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, u bankomatdan pul yechib olish maqsadida 8:00 da bozorga kelgan, lekin bankomat ishlamay qolgan.

Bankomatdan pul yechib olish uchun soat 8:00 dan beri shu yerdaman. Ertalab ikki kishi pul yechib oldi. Nimadir noto‘g‘ri bosildi, shekilli, shundan keyin bankomat ishlamay qoldi. Keyin bankka qo‘ng‘iroq qilindi. Ular: “Bir soatlarda kelib tuzatamiz”, deyishdi. Ammo, mana, soat 12:00 bo‘ldi hamki, ulardan darak yo‘q.

“Aviasozlar” bozoridagi bankomat mijozi

Bozorda olingan videoda bankomat ishlamayotganiga qaramay, uning ishlab qolishidan umid qilgan odamlarning kichik bo‘lmagan navbatini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: Video: Qo‘yliq bozoridagi naqd pul bankomatiga navbat

Plastik kartochkadagi pulni naqdlashtirib olish imkonini beruvchi bankomatlar 11-avgustdan Toshkent bozorlariga o‘rnatila boshlandi. Xususan, 14-avgust kuni Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida Xalq banki tomonidan, Mirobod dehqon bozoriga “Qishloq qurilish bank” tomonidan bankomatlar o‘rnatildi.

Keyinchalik Toshkentning yana yetti bozoriga bankomatlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi. Xususan, “Askiya” va “Bo‘zbozor” bozorlariga “Ipoteka-bank” tomonidan, “Aviasozlar”, “Qoraqamish” va Sergeli dehqon bozoriga Milliy bank tomonidan, “Chilonzor” bozoriga “Mikrokreditbank” hamda “O‘rikzor” savdo majmuasiga “Ipak yo‘li” banki tomonidan bankomatlar o‘rnatildi.

Mazkur bankomatlarning barchasida bitta plastik kartadan 100 ming so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘ini naqdlashtirib olish mumkin, pulni yechib olish jarayoni 1,5—2 daqiqa davom etadi. Bankomatlar 9:00 dan 18:00 gacha ishlashi aytilmoqda.

Avvalroq Oloy bozoridagi bankomatdagi pullar bozorning ish vaqti yakuniga yetishidan avval tugab qolgani, keyin yana pul bilan to‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют