» » Abdulaziz Komilov Hindiston vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Hindiston vitse-prezidenti bilan uchrashdi


22-avgust kuni Hindistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston vitse-prezidenti Muppavarapu Venkaiah Naidu tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Muppavarapu Venkaiah Naiduga O‘zbekiston rahbariyati nomidan iliq tabrik va hurmat so‘zlarini yetkazdi va Hindiston vitse-prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi hamda yuqori va mas’ul lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida 9-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama munosabatlarni yana rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirishga hamda tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda aniq natijalarga erishish uchun tomonlar birgalikda faol ishlashga tayyor ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartib masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют