» » Bayram kunlari Toshkentga kirish cheklanishi mumkin

Bayram kunlari Toshkentga kirish cheklanishi mumkin


O‘zbekiston mustaqilligi tantanalari nishonlanishi arafasida Toshkentda transport vositalarining kirishi cheklanishi mumkin. Bu haqda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Uning qayd qilib o‘tishicha, xavfsizlikni oshirish maqsadida poytaxtda transport vositalari ham yo‘l xavfsizligi xizmatlari tomonidan sinchklab tekshirilmoqda.

Mustaqillik kuni arafasida “Tozalash-aksilterror” operatsiyasi doirasida O‘zbekistonda jinoyatlar sodir etganligi uchun qidirilayotgan 454 shaxs ushlandi. Tekshiruvlar davomida 126 kilogrammdan ortiq narkotik vositalar, o‘nga yaqin o‘qotar qurol va to‘rt patron topildi.

Shubhali xatti-harakatlari tufayli 16 ming kishi ichki ishlar organlariga yetkazildi. Huquqbuzarlikka moil 660 fuqaro aniqlanib, profilaktik ro‘yxatga kiritildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют