» » O‘zbekistonda tana a’zolarini ko‘chirish haqida qonun loyihasi tayyorlandi

O‘zbekistonda tana a’zolarini ko‘chirish haqida qonun loyihasi tayyorlandi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi “Tana a’zolari, to‘qimalari va inson hujayralari transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat normativ-huquqiy aktlarni muhokama qilish portaliga joylashtirildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Loyihada inson a’zolari, to‘qimalari va hujayralarining olinishi, tayyorlanishi, saqlanishi, yuborilishi va transplantatsiyasi faqat sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasiga ega davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Inson reproduksiyasi bilan bog‘liq a’zo, to‘qima va hujayralar, shu jumladan, reproduktiv to‘qimalar, ulardan foydalanish bilan bog‘liq qon yoki uning komponentlari hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni ushbu qonun qamrab olmaydi.

Tana a’zolari va to‘qimalari ko‘chirilishi faqat boshqa tibbiy vositalar retsepiyent hayotining saqlab qolinishini kafolatlay olmaydigan vaqtdagina qo‘llanilishi belgilab berildi.

Qonun tana a’zolari ko‘chirilishi bilan bog‘liq boshqa ko‘plab holatlarni ham tartibga soladi.

Jumladan, retsepiyent 18 yoshga to‘lmagan yoki faoliyatga layoqatli deb topilmagan bo‘lsa, transplantatsiya uning qonuniy vakilining yozma roziligi olinganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Donorning tana a’zosini berishga majburlash taqiqlanadi.

Tana a’zolari, to‘qima va hujayralari boshqalar uchun xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan xastalikka chalingan donorga tegishli a’zolarning ko‘chirilishi taqiqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tana a’zolarini ko‘chirish sohasida shartnomalar tuzishi man etiladi.

Donor va retsepiyent haqidagi ma’lumotlar shifokor siri bo‘lib qoladi va oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют