» » Samsung qo‘shkamerali Galaxy Note 8 telefonini taqdim etdi

Samsung qo‘shkamerali Galaxy Note 8 telefonini taqdim etdi


Samsung kompaniyasi omadsiz chiqqan Galaxy Note 7 telefonining davomchisi bo‘lmish Note 8 telefonini taqdim etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Galaxy Note 8 6,3 dyuymli, 2960?1440 pikselli ekranga ega bo‘ldi. Ekranning chetlari qabariq, shu bois old panelda faqat yuqori va quyi rom ko‘rinadi. Ularda jismoniy tugmalar yo‘q.

Yangi telefonda ikkita orqa kamera bor: iPhone 7 Plus’da bo‘lganidek, bitta kamera keng burchakli obyektiv bilan, boshqasi esa teleobyektiv bilan ta’minlangan. Note 8 da bir paytning o‘zida ikkita orqa kameradan suratga olish mumkin. Kameralarga optik stabilizatsiya o‘rnatilgan.

Galaxy S8 va S8+ telefonlaridan farqli ravishda, Note 8 da stilus bo‘lib, u telefon korpusi ichida turadi. Stilus yordamida chizish, matn kiritish mumkin. Yozuv va tasvirlarni gif formatiga o‘tkazish hamda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ulashish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...