» » MRB sobiq xodimi Trampning sahifasini blokirovka qilish uchun Twitter’ni xarid qilishga kirishdi 

MRB sobiq xodimi Trampning sahifasini blokirovka qilish uchun Twitter’ni xarid qilishga kirishdi 


Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Plam Uilson AQSh prezidenti Donald Trampning sahifasini blokirovka qilish uchun GoFundMe servisida Twitter tarmog‘ini xarid qilishga qaratilgan mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Donald Tramp Twitter’da ko‘plab mudhish ishlarga qo‘l urdi. Oq tanli irqchilarni yoqlashdan tortib, jurnalistlarga nisbatan zo‘ravonlikni ilgari surishgacha. Uning tvitlari mamlakat va odamlarga zarar yetkazmoqda, ular yadro urushini ham boshlab berishi hech gap emas. Bu holat yuz bermasidan Trampning akkauntini yo‘qotish lozim”, — ta’kidladi Plam Uilson.

Sobiq razvedkachi 1 milliard dollar yig‘ish (Twitter qiymati hozirda 12 milliard dollardan oshadi) va hech bo‘lmaganda kompaniya aksiyalarining yirik qismini xarid qilish niyatida. Biroq ayol olti kun ichida 6 ming dollar to‘pladi, xolos.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют