» » Tallinda sinovdan o‘tkazilayotgan haydovchisiz avtobuslar yo‘l harakati qoidalarini buzdi

Tallinda sinovdan o‘tkazilayotgan haydovchisiz avtobuslar yo‘l harakati qoidalarini buzdi


Estoniya poytaxti Tallinda iyul oxirida sinov tartibida ishga tushirilgan ikki haydovchisiz avtobus yo‘l harakati qoidalarini buzishni boshladi. Bu haqda ERR xabar bermoqda.

Guvohlarga ko‘ra, avtobuslardan biri piyodalar o‘tish joyida “qizil”da o‘tib ketgan, yana biri politsiya mashinasiga yo‘l bermagan. Tallin meriyasi bu holatlarga ortiqcha ahamiyat bermaslik kerakligi, avtobuslar dasturiy ta’minoti maxsus tarnsporga yo‘l berishga moslashtirilmaganligini bildirmoqda.

Sinov davrida avtobuslarning maksimal tezligi soatiga 20 kilometr bilan cheklangan. Cheklovlarsiz esa ularning tezligi soatiga 60 kilometrga yetishi mumkin.

Haydovchisiz avtobuslarning har biri 8 kishini sig‘diradi. Loyiha 100 ming yevro baholanmoqda, sinovlar avgust oxirigacha davom etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют