» » O‘zbekistonlik bokschini kalaka qilib, yakunda nokautga uchragan sportchi revanshini Toshkentda o‘tkazadi

O‘zbekistonlik bokschini kalaka qilib, yakunda nokautga uchragan sportchi revanshini Toshkentda o‘tkazadi


O‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov o‘zining navbatdagi jangini Toshkentda o‘tkazadi, deb yozdi “Olamsport”. Bunda u zimbabvelik Charles Manyuichiga qarshi ringga chiqadi.

WBC Silver kamari sohibi hisoblangan Abduqahhorovning jangi 14-oktabr sanasiga tayin qilingan. Bu revansh jang hisoblanadi. Bungacha o‘zbekistonlik sportchi WBC Silver kamarini saqlab qolish uchun aynan Charles bilan jang qilgan bo‘lib, raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratishga erishgandi.

O‘sha jangda afrikalik bokschi Abduqahhorovni kalaka qilishga harakat qildi va kutilmaganda kuchli zarba qabul qilib olib, ringga quladi. Nokdaun holatidan keyin u jangni davom ettirdi va 3 soniya ichida navbatdagi zarbadan so‘ng batamom nokaut bo‘ldi.

Qudratillo bunga qadar 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga muvaffaq bo‘lgan. 8 ta jang nokaut bilan yakun topgan.

Charles Manyuichi esa bunga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 21 tasida g‘olib chiqqan. 3 tasida mag‘lub bo‘lgan va 1 marta durang qayd etgan. G‘alabalarining 12 tasida u raqiblarini nokaut qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют