» » Braziliyada kema halokatga uchrashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Braziliyada kema halokatga uchrashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi


Braziliyaning Shingu daryosida kema halokatga uchrashi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Globo’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida kema kapitani va ikkita yosh bola bor. Ayni vaqtda yana 40 nafar yo‘lovchini qidirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Kemada umumiy miqdorda 70 kishi bo‘lgan, ulardan 15 nafari qutqarildi, qolganlari esa bedarak yo‘qolgan deya hisoblanmoqda.

Huquq-tartibot xodimlarining aniqlashicha, kechasi Santarena shahridan Vitoriya-du-Shinguga qarab yo‘l olgan ushbu kemaning yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lmagan. Halokatga rasman nima sabab bo‘lgani hozircha aytilmadi, biroq omon qolganlardan birining AP agentligiga ma’lum qilishcha, kema tom ma’noda “ikkiga ajralib ketgan”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют