» » Bugun Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Futbol-TV uni jonli ko‘rsatadi

Bugun Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Futbol-TV uni jonli ko‘rsatadi


Bugun Fransiyaning Monako shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. U Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Chempionlar Ligasining qur’asi oldidan musobaqaning amaldagi chempioni “Real”, hamda qit’aning eng oldi 7 mamlakati chempionlari 1-savatchadan joy oladi.

Qur’a marosimida bir mamlakatning ikki klubi bitta guruhdan joy olmasligi ta’minlanadi. Quyida qolgan ishtirokchilar keltirib o‘tilgan.

Qur’a marosimida Chempionlar Ligasi ishtirokchilari o‘z guruhlarini bilibgina qolmay, boshqa tadbirlar ham o‘tkaziladi. Bunda UEFA o‘tgan mavsumning eng yaxshilari nomini e’lon qiladi.

Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 12—13-sentabr kunlarida start oladi. 5—6-dekabr kuni oltinchi — so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Guruh bosqichida dastlabki ikki o‘rinni egallagan klublar 1/8 finalga yo‘l oladi. 3-o‘rin egalari Yevropa Ligasining 1/16 finaliga ravona bo‘ladi. Har ikki turnirning mazkur bosqichlariga qur’a 11-dekabr kuni tashlanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют