» » Xitoyga yopirilgan “Xato” to‘foni oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoyga yopirilgan “Xato” to‘foni oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi


Xitoyga yopirilgan “Xato” to‘foni oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 270 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Markaziy televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Tabiiy ofatdan Makao va Gonkong ma’muriy tumanlari, Guandun va Futszyan provinsiyalari aholisi jabrlandi. Qurbonlarning eng ko‘pi Makaoda qayd etildi: bu yerda to‘fon 8 kishining umriga zomin bo‘ldi, 153 kishi yaralandi.

To‘fon tufayli Xitoy janubida transport qatnovi izdan chiqdi, bir necha yuqori tezlikdagi temir yo‘l tarmoqlarida harakatlanish to‘xtadi. Mamlakat bo‘ylab 900 dan ortiq reys bekor qilindi, 80 dan oshiq reys kechiktirildi.

Kuchli jala va shiddatli shamol binolar vayron bo‘lishi, daraxtlar qulashi, aloqa va elektr tarmoqlari uzilishiga olib keldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют