» » O‘zbekistonda Internetda milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi

O‘zbekistonda Internetda milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasining 14-avgustdagi qarori bilan 2017—2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi.

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;

Internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentini g‘oyaviy-mazmunan to‘ldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish;

mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy Internet jahon axborot tarmog‘i axborot resurslarida uning ulushini oshirish, O‘zbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish;

ta’lim kontentini yanada takomillashtirish, ZiyoNET ta’lim axborot tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;

Internet jahon axborot tarmog‘ida yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targ‘ib qilish va ommalashtirish;

Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy o‘rganib borish, Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Kompleks dasturni sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют