» » Olmazor tumanida qiz chaqaloqni 1000 dollarga sotishga uringan ona-bola qo‘lga olindi

Olmazor tumanida qiz chaqaloqni 1000 dollarga sotishga uringan ona-bola qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasida sodir etilgan odam savdosi jinoyati bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

2017-yil 21-avgust kuni Toshkent shahar IIBB ga Umida Yalgasheva ariza bilan murojaat qilib, avgust oyi boshlarida Chilonzor tumani hududida “Shaxodat” ismli ayol bilan tanishib qolganligi, ushbu ayol “Zarina” ismli qizi homiladorligi, tug‘iladigan farzandini 1000 dollar evaziga sotish niyatlari bor ekanligini aytganini bildirib, mazkur shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kuni IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir rejalashtirilib, soat 14:00 larda Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketi avtoturargohida Shahodat Sattorova va Zarina Jo‘raqulova 2017-yilning 16-avgust kuni tug‘ilgan, hech handay shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan qiz chaqaloqni 1000 dollar evaziga U. Yalgashevaga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sattorova va Z.Jo‘raqulovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davomida ularning aybi to‘liq isbotlanib, JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan ayblov e’lon qilindi. Jinoyatning og‘irlilik darajasini inobatga olgan holda ayblanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanmoqda.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют